«Toshkent shahar MET» filialida 2025-yilning 11-mart kuni kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada 25 nafar delegat, taklif etilgan bosh muhandis hamda xizmat boshliqlar, shuningdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Xidirova Nodira Jaxongirovna va Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rinbosari Abdullayev Neʼmat Ozodovichlar ishtirok etishdi.
Konferensiya Nodira Jaxongirovna raisligida olib borildi va «Toshkent shahar MET» filiali kasaba uyushmasining 2020-yil fevraldan 2025-yil martgacha bo‘lgan 5 yillik faoliyati hamda Taftish komissiyasi hisoboti tinglandi. Konferensiya ish davomida «Toshkent shahar MET» filiali kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining 2020-yildan 2025-yilgacha faoliyati “qoniqarli”deb topildi.
«Toshkent shahar MET» filiali boshlang‘ich tashkilot kun tartibidagi masalalari yuzasidan kasaba uyushma tashkiloti raisi va qo‘mita aʼzolarining saylovi o‘tkazildi. Qo‘mita raisi saylash bo‘yicha delegatlar tomonidan Dispetcherlik va texnologik boshqaruvi vositalari guruhi 1-toifali muhandisi Xodjamkuliyeva Narjemal Xamrakuliyevna va Dispetcherlik va texnologik boshqaruvi vositalari guruhi texnigi Murodova Dilnoza Bogibekovnalar nomzodlari taklif etildi.
Ochiq ovoz berish natijasiga ko‘ra Xodjamkuliyeva Narjemal Xamrakuliyevnaga 25 ta ovozdan 24 ta ovoz berildi, Murodova Dilnoza Bogibekovnaga 25 ta ovozdan 1 ovoz berildi.
Ochiq ovoz berish natijasida ko‘ra 24 ta ovoz bilan Kasaba uyushma boshlang‘ich tashkilotining raisi etib Dispetcherlik va texnologik boshqaruvi vositalari guruhi 1-toifali muhandisi Xodjamkuliyeva Narjemal Xamrakuliyevna saylandi va keyingi 5 yil uchun Kasaba uyushma tashkiloti va Taftish komissiyasi aʼzolaring yangi tarkibi saylandi.
Filial kasaba uyushma aʼzolariga dublyorlar belgilandi. «O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushmasining hisobot-saylov konferensiyasiga 2 nafar delegat saylandi. Konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi.
«Toshkent shahar MET» filiali
Facebook ♦ Инстаграм ♦ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati