2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
“Magistraltarmoqqurilish” filialida kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi
  • 12.03.2025
  • 96

“Magistraltarmoqqurilish” filialida 2025-yilning 6-mart kuni kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada 23 nafar delegat va taklif etilgan rahbar hamda xizmat boshliqlari, shuningdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi N.Xidirova hamda Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi o‘rinbosari N.Abdullayevlar ishtirok etishdi.

Konferensiya Nodira Jahongirovna raisligida olib borildi va “Magistraltarmoqqurilish” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan 5 yillik faoliyati hamda Taftish komissiyasi hisoboti tinglandi. O‘qib eshittirilgan hisobot ma’lumotnomalari xususida xodimlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Konferensiya ishi davomida “Magistraltarmoqqurilish” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020-yildan 2025-yilgacha faoliyati “qoniqarli” deb baholandi.

“Magistraltarmoqqurilish” filiali boshlang‘ich tashkiloti kun tartibidagi masalalari yuzasidan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va qo‘mita a’zolarining saylovi o‘tkazildi. Boshlang‘ich tashkilot raisini saylash bo‘yicha delegatlar tomonidan filial Buхgalteriya bo'limi 2-toifali buxgalteri Bolqiboyev Farhod Shaymamatovich va filial ATS bo‘limi haydovchisi Sadiberov Baxodir Mansurovich nomzodlari taklif etildi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra 19 ta ovoz bilan Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib Bolqiboyev Farhod Shaymamatovich saylandi va keyingi 5 yil uchun Kasaba uyushma qo‘mitasi va Taftish komissiyasi a’zolarining yangi tarkibi saylandi. Filial kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolariga dublyorlar belgilandi. Bundan tashqari, «O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushmasining hisobot saylov konferensiyasiga 2 nafar delegat ham saylandi.

Konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi. Filialning yangi kasaba uyushma qo‘mitasining kelgusidagi faoliyati yo‘nalishlari belgilab olindi.

FacebookInstagram  ♦ YouTube 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati