2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi
  • 12.03.2025
  • 123

«Sirdaryo MET» filialida 2025-yilning 12-mart kuni kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada 20 nafar delegat, taklif etilgan bosh muhandis hamda xizmat boshliqlar, shuningdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari»AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Xidirova Nodira Jaxongirovna va Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bosh hisobchisi Nagmanova Zamira Anvarovna ishtirok etishdi.

Konferensiya Nodira Jaxongirovna raisligida olib borildi va «Sirdaryo MET» filiali kasaba uyushmasining 2020-yil fevraldan 2025-yil martgacha bo‘lgan 5 yillik faoliyati hamda Taftish komissiyasi hisoboti tinglandi. Konferensiya ish davomida «Sirdare MET» filiali kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining 2020-yildan 2025-yilgacha faoliyati “qoniqarli” deb topildi.

«Sirdaryo MET» filiali boshlang‘ich tashkilot kun tartibidagi masalalari yuzasidan kasaba uyushma tashkiloti raisi va qo‘mita aʼzolarining saylovi o‘tkazildi. Qo‘mita raisi saylash bo‘yicha delegatlar tomonidan Ish yuritish va topshiriqlarni nazorat qilish guruhi devonxona mudiri Zairova Nargiza Xamrabayevna va “Feruz” podstansiyasi elektr chilangari Bazarbekov Umid Umarovich nomzodlari taklif etildi.

Ochiq ovoz berish natijasiga ko‘ra Zairova Nargiza Xamrabayevna 20 ta ovozdan 19 ta ovoz berildi, Bazarbekov Umid Umarovichga 20 ta ovozdan 1 ovoz berildi.

Ochiq ovoz berish natijasida ko‘ra 19 ta ovoz bilan Kasaba uyushma boshlang‘ich tashkilotining raisi etib Ish yuritish va topshiriqlarni nazorat qilish guruhi devonxona mudiri Zairova Nargiza Xamrabayevna saylandi va keyingi 5 yil uchun Kasaba uyushma tashkiloti va Taftish komissiyasi aʼzolaring yangi tarkibi saylandi.

Filial kasaba uyushma aʼzolariga dublyorlar belgilandi. «O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushmasining hisobot-saylov konferensiyasiga 2 nafar delegat saylandi. Konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi.

 

“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali

FacebookInstagram  ♦ YouTube 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati