2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Bo'sh ish o'rinlari
Diqqat, e’lon! Nomzodlar bilan suhbat bo‘lib o‘tadi!
  • 12.03.2025
  • 75

❗️ Yodingizda bo‘lsa,  hujjat topshirgan nomzodlarning to‘liq tarkibi yig‘ilmagani (bayram tadbirlari tufayli aksariyat nomzodlar aytilgan muddatga yetib kela olmagani va bir ish o‘rniga 3 nafardan kam nomzod bo‘lgani) tufayli boshqa kunga qoldirilgan edi.

2025-yil 13-mart (payshanba) kuni soat 15:30da «O‘zbekiston MET» AJ Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi (Komissiya) quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazadi:

▶️ Kapital qurilish boshqarmasi bosh mutaxassis lavozimiga (Mukammal qurilish bo‘yicha texnik nazorati bo’yicha mutaxassisi);

▶️ Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini amalga oshirish guruhiga Gender tengligi masalalari bo‘yicha mutaxassis;

▶️ Investitsion loyihalarni amalga oshirish guruhi boshlig‘i.

‼️ Suhbatda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlardan rezyume qabul qilish jarayoni (bo‘sh ish o‘rinlariga e’lonlar ancha oldin berilgani inobatga olinib) bugun, 2025-yil 12 mart kuni soat 15:00 da to‘xtatiladi.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Onlayn rezyume 

kadr_nes@uzbekistonmet.uzinfo@uzbekistonmet.uz 

❗️ Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.

⇒ Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati