Samarqand viloyati hokimi — Fuqaro muhofazasi Samarqand viloyati boshligʻining 2025-yil 17-yanvardagi Aholi va hududlarni favqulotdda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 01-03/18-sonli buyrugʻiga asosan «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 500/220/10 kV kuchlanishli «So‘g‘diyona» podstansiyasida «Tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish» mavzusida maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Tadbirda Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan tezkor xizmat vakillari ishtirok etib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish mashg‘ulotlarida hamkorlik qilishdi. Tadbir ishtirokchilarining ushbu yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Mashg‘ulotlarda: Obyektning fuqaro muhofazasi tuzilmalari va harbiylashtirilgan qo‘riqlash qismi shaxsiy tarkibining tayyorgarlik darajasini oshirish, ularni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda holat sodir bo‘lganda Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash va qutqaruv xizmatlarining hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikdagi harakatini uyg‘unlashtirish masalalariga oid bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi.
Shuningdek, tadbir davomidada o‘quv mashqlariga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun qutqaruv, avariya-texnik, sanitariya, yong‘ini bartaraf etish, aloqa va axborot hamda jamoat tartibini saqlash guruhlarning boshqaruv hamda shaxsiy tarkibi to‘liq jalb qilish kabi vazifalar muvofiqlashuvi ko‘rib chiqildi.
Mashg‘ulotlarda, shu bilan birga, podstansiyada mehnat faoliyati olib borayotgan ishchi-xodimlar hamda qo‘riqlash bo‘linma vakillarining favqulodda holatda avariya oqibatlarnini bartaraf etish bo‘yicha tayyorgarlik darajasi o‘rganildi.
Tadbir davomida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan podstansiya ishchi-xodimlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi. Unda muhim obyektlar qo‘riqlash bo‘linma xodimlarining harbiy tayyorgarligi va mehnat samaradorligini oshirish uchun Aksiyadorlik jamiyati tomonidan qanday ishlar amalga oshirilayotgani, yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanib, sanoat va yong‘in xavfsizligi, jumladan, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat'iy amal qilish — elektr ta'minoti barqarorligining kafolati ekanligi uqtirildi.
Tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda podstansiya ma'muriyati va navbatchi mas'ul xodimlari tomonidan tezkor tadbirlarni amalga oshirishdagi amaliy harakatlarni takomillashtirish, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining jangovar tayyorgarligi, ularning yong‘in o‘chirish imkoniyatini oshirish, qutqaruvchilarni murakkab vaziyatlarda o‘z oldiga qo‘yilgan jangovar vazifalarni bajarish qobiliyatini kuchaytirish hamda maxsus xizmatlar bilan hamkorlikni amalda mustahkamlash — ushbu mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad edi va bu maqsadga ma'lum ma'noda erishildi.
Tadbir yakunida mashg‘ulot muhokamasi o‘tkazilib, qatnashchilar tomonidan amalga oshirilgan harakatlar tanqidiy tahlil qilindi. Har bir xizmat xodimlarining favqulodda vaziyatlardagi harakatlari baholanib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni kelgusida takrorlamaslik chora-tadbirlari ko‘rildi.
Xulosa o‘rnida: Ta'kidlash lozimki, bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari rahbar xodimlar, mutaxassislar, ishchi-xizmatchilar, fuqaro muhofazasi tuzilmalari, avariya-qutqaruv xizmatlarining bilim, tajriba va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi, maxsus texnika vositalarini yana bir bor sinovdan o‘tkaziladi, eng muhimi, podstansiya ishchi-xodimlari texnika, yong‘in va hayot xavfsizligi qoidalari bo‘yicha olgan bilim-tajribalarini yanada boyitib olishi uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi.
Facebook ♦ Instagram ♦ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati