Avval xabar berganimizdek, bugun — 2025-yil 7 mart kuni soat 14:30 va 15:30 ga belgilangan suhbat hujjat topshirgan nomzodlarning to‘liq tarkibi yig‘ilmagani (bugungi bayram tadbirlari tufayli aksariyat nomzodlar aytilgan muddatga yetib kela olmagani va bir ish o‘rniga 3 nafardan kam nomzod bo‘lgani) tufayli boshqa kunga qoldirildi.
▶️ Boshqaruv apparati: Yuridik boshqarmasi yuriskonsulti lavozimi;
▶️ Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini amalga oshirish guruhiga Gender tengligi masalalari bo‘yicha mutaxassis;
▶️ Investitsion loyihalarni amalga oshirish guruhi boshlig‘i.
❗️Rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring, suhbat o‘tkazilish vaqti qayta e‘lon qilinadi!
Murojaat uchun: 71-236-66-15
kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz
❗️ Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati