Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan boshlangan anʼana — haftaning har juma kuni milliy liboslar chelenji o‘tkazilishi «O‘zbekiston MET» AJ va uning magistral elektr tarmoqlari filiallarida ham yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur anʼanabugun, 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami nishonlanayotgan kunda ham ko‘tarinki kayfiyatda davom ettirilmoqda. Energetika sohasi xodimlar milliy bosh kiyim — do‘ppi hamda atlas-u adraslardan tikilgan milliy liboslarda mehnat faoliyatini olib borishmoqda. Ushbu tadbir milliy qadriyatlarni asrash, ularni keng targ‘ib qilish hamda avlodlar o‘rtasidagi bog‘lanishni mustahkamlashga xizmat qilishi lozim.
Milliy liboslar chelenji avlodlar o‘rtasidagi madaniy merosni saqlash va kelajakka yetkazishda o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Facebook ♦ Instagram ♦ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati