► Sport — salomatlik garovi ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Shu bois, Oʻzbekistonda sport bilan shugʻullanish ommaviy tus olmoqda. Sogʻlom turmush tarziga amal qilayotgan yurtdoshlarimiz soni kun sayin koʻpayib borayotgani ham fikrimiz dalili.
► Prezidentimizning 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni esa bu boradagi harakatlarimizga yangi ruh bagʻishladi. Erta tongdan xiyobon-u koʻchalarda yugurib, chiniqayotgan odamlarni koʻp uchratyapmiz. Bugun energetika tizim xodimlari oʻrtasida ham sport bilan muntazam shugʻullanish avj olgan. Turli sport musobaqalari oʻtkazish ommalashmoqda.
Misol uchun, Vazirlik va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar uchun tashkil etilgan sportning stol tennisi, shashka hamda shahmat musobaqasida «O‘zbekiston MET» AJ ayollari munosib ishtirok etishdi. Sport maktabida vazirlik, idora, tashkilotlarda faoliyat koʻrsatayotgan xotin-qizlar oʻrtasidagi sport musobaqasidan oldin Sport vaziri maslahatchisi Sh.Mo‘mindjanov so'zga chiqib, barcha ayollarni kirib kelayotgan "8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni" bilan samimiy tabrikladi va barchani sport bilan muntazam shugʻullanishga chorladi. Sport tadbirida 150 nafarga yaqin ayollar faol ishtirok etdi.
Facebook ♦ Instagram ♦ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati