2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
“ENERGO-IT”filiali kasaba uyushmasi boshlag‘ich tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi
  • 05.03.2025
  • 132

“ENERGO-IT” filialida 2025-yilning 5-mart kuni kasaba uyushmasi boshlag‘ich tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyada 17 nafar delegat, taklif etilgan rahbar hamda xizmat boshliqlar, shuningdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Xidirova Nodira Jahongirovna hamda Birlashgan kasaba uyushma ko‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullayev Neʼmatjon Ozodovich  ishtirok etishdi.
Konferensiya Nodira Jahongirovna raisligida olib borildi va “ENERGO-IT” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan 5 yillik faoliyati hamda Taftish komissiyasi hisoboti tinglandi. O‘qib eshittirilgan hisobot maʼlumotlari xususida xodimlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Konferensiya ishi davomida “ENERGO-IT”filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020-yildan 2025-yilgacha faoliyati “qoniqarli” deb baholandi.
“ENERGO-IT”filiali boshlang‘ich tashkiloti kun tartibidagi masalalari yuzasidan kasaba uyushma tashkiloti raisi va qo‘mita aʼzolarining saylovi o‘tkazildi. Qo‘mita raisini saylash bo‘yicha delegatlar tomonidan Ishlab chiqarish texnik bo‘limi boshlig‘i Mirzaaxmedova Gulmira Gayratovna va Kommutator zali brigadiri Щyerbina Olga Vladimirovna nomzodlari taklif etildi.

Ochiq ovoz berish natijasiga ko‘ra Mirzaaxmedova Gulmira Gayratovna 17 ta ovozdan 14 ta ovoz berildi, Щyerbina Olga Vladimirovna 17 ta ovozdan 3 ta ovoz berildi. Ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra 14 ta ovoz bilan Kasaba uyushma tashkiloti raisi etib Ishlab chiqarish texnik bo‘limi boshlig‘i Mirzaaxmedova Gulmira Gayratovna saylandi va keyingi 5 yil uchun Kasaba uyushma tashkiloti va Taftish komissiyasi aʼzolarining yangi tarkibi saylandi.

Filial kasaba uyushma aʼzolariga dublyorlar belgilandi. Bundan tashqari, “O‘zbekiston MET” AJ Birlashgan kasaba uyushmasining hisobot saylov konferensiyasiga 2 nafar delegat saylandi. Konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi. Filialning yangi kasaba uyushma tashkilotining kelgusidagi faoliyati yo‘nalishlari belgilab olindi.

“ENERGO-IT” filiali

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati