2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
“Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filiali kasaba uyushmasi boshlag‘ich tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi
  • 05.03.2025
  • 101

 “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filialida 2025-yilning 28-fevral kuni kasaba uyushmasi boshlag‘ich tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada 22 nafar delegat, taklif etilgan rahbar hamda xizmat boshliqlar, shuningdek, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Mehnat huquqi bosh inspektori Abdullayev Boburmirzo Umarjonovich, shuningdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Xidirova Nodira Jahongirovna, Filial Kapital qurilish masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Baqoyev Shuhrat Xamrayevichlar ishtirok etdilar. Konferensiya Nodira Jahongirovna raisligida olib borildi va “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan 5-yillik faoliyati hamda Taftish komissiyasi hisoboti tinglandi. O‘qib eshittirilgan hisobot maʼlumotlari xususida xodimlarning fikr-muloxazalari tinglandi. Konferensiya ishi davomida “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020-yildan 2025-yilgacha faoliyati “qoniqarli” deb baxolandi.

“Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filiali boshlang‘ich tashkiloti kun tartibidagi masalalari yuzasidan kasaba uyushma tashkiloti raisi va qo‘mita aʼzolarining saylovi o‘tkazildi. Qo‘mita raisini saylash bo‘yicha delegatlar tomonidan Podstansiyalar xizmati boshlig‘i Obid Akabirov, Filial yetakchi muhandisi Mavluda Saʼdullayeva, Xo‘jalik xizmati bo‘limi ustasi Qurbon Kamolovlar nomzodlari taklif etildi.

Ochiq ovoz berish natijasiga ko‘ra Kamolov Qurbonga 22 ta ovozdan 13 ta ovoz berildi, Akabirov Obidga 22 ta ovozdan 5 ta ovoz berildi, Saʼdullayeva Mavludaga 22 ta ovozdan 4 ta ovoz berildi. Ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra 13 ta ovoz bilan Kasaba uyushma tashkiloti raisi etib Xo‘jalik xizmati bo‘limi ustasi Qurbon Kamolov saylandi va keyingi 5 yil uchun Kasaba uyushma tashkiloti va Taftish komissiyasi aʼzolarining yangi tarkibi saylandi.

Filial kasaba uyushma aʼzolariga dublyorlar belgilandi. Bundan tashqari, “O‘zbekiston MET” AJ Birlashgan kasaba uyushmasining hisobot saylov konferensiyasiga 2 nafar delegat saylandi. Konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi. Filialning yangi kasaba uyushma tashkilotining kelgusidagi faoliyati yo‘nalishlari belgilab olindi.

“Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filiali

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati