Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-apreldagi “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 257-son qaroriga muvofiq, jamiyat va davlat hayotida faollik hamda tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan, shuningdek, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik hamda istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanib borishi an’anaga aylangan.
Mazkur ko‘krak nishonini har yili 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida topshirishda ham o‘ziga xos hikmat bor.
Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasining kichik majlislar zalida ana shunday faol jamoatchi bo‘lgan davlar xizmatidagi ayollar taqdirlashdi. Ular orasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati, “Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali yetakchi iqtisodchi Shalbartayeva Aliya Kulbekovnaning borligi ham bizni faxr-iftixor tuyg‘ulariga to‘ldiradi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi va jamoasi nomidan, qolaversa yurtimizning barcha energetika sohasi xodimlari nomidan “Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali yetakchi iqtisodchi Shalbartayeva Aliya Kulbekovnani “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan qutlaymiz! Jamiyat va davlat hayotida faollik, tashabbuskorlik ko‘rsatadigan xotin-qizlar safi kengayib borishidan umidvormiz.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati