2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Xorazm viloyati hududidan o‘tuvchi magistral elektr tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 04.03.2025
  • 122

⚡️ Avval xabar  berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan 65 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil  etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.

Nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.

Eʼtiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari 220  kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i bo‘ylab o‘tkazilgan navbatdan tashqari (iste’mol hajmi keskin oshgan kechki paytda) nazorat ko‘rigi aks etgan.

FacebookInstagram  ♦ YouTube 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati