Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, Namangan viloyati Norin tumanidagi “O.M.S.S” MCHJ rahbari K.T. va “Energosavdo” filiali Norin tuman bo‘limi mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli metallni qayta ishlash sexini tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulash orqali 379 mln. so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov davomida jamiyat tomonidan yetkazilgan zarar to‘liq undirilishi taʼminlandi.
Hurmatli tadbirkorlar!
Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.
Shuni unutmangki, energoresurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi taʼminlanadi.
► Bosh prokuraturaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo bo‘ling!
Manba: https://t.me/uzbprokuratura/58921
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati