#24_soatli_navbatchilik_asosida
✔️ 220 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan elektr uzatish tarmoqlarini nazorat ko‘riklarini o‘tkazish davom ettirilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining viloyat hududidan o‘tuvchi 220 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarida o‘tkazgan kunduzgi va kechki nazorat ko‘rigi aks etgan.
Nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.
⚡️ Mutaxassislar metall konstruksiyali ustunlarni mustahkamlash, shikastlangan tarmoq elementlari almashtirish, liniyalarning kontakt birikmalaridagi qizishlarni aniqlash va bartaraf etish, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirish kabi amaliyotlar bilan band.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati