2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
“Xotirlash — muqaddas qadriyat” mavzusida “maʼnaviyat soati” tadbiri o‘tkazildi
  • 01.03.2025
  • 54

“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filialida “Xotirlash — muqaddas qadriyat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir tashabbuskorlari: “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali Kasaba uyushmasi qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti.  

Tashkilotchilar  220 kV kuchlanishli “Yuksak” va “Qo‘yliq” podstansiyalari hamda mexanizatsiya va avtotransport guruhi xodimlari ishtirokida 1 mart — xalqimiz suygan shoira, Zulfiya Isroilova tavallud topgan kuni munosabati bilan “maʼnaviyat soati” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Zulfiya Isroilovaning ijodi, hayoti haqida qisqacha maʼlumotlar taqdim etilib, shoiraning sheʼrlaridan namunalar o‘qildi.

Barchamizga maʼlum, Zulfiyaxonim munavvar tuyg‘ularni kuylab, betakror sheʼrlar yozgan. Shuning uchun qalbimizdan chuqur joy olgan. Butun umri davomida pokiza tuyg‘ularni, insoniy fazilatlar va sadoqatni tarannum etgan.

Tadbir energetiklarda chuqur taassurot qoldirdi.

“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali

FacebookInstagram  ♦ YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati