2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Xotin-qizlar
Magistral elektr tarmoqlari filiallarida milliy liboslar chelenji davom ettirilmoqda
  • 28.02.2025
  • 189

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan boshlangan anʼana — haftaning har juma kuni milliy liboslar chelenji o‘tkazilishi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Markaziy boshqaruv apparati hamda uning magistral elektr tarmoqlari filiallarida ham davom etmoqda.

 

Milliy matolarimiz o‘zining turfaligi, go‘zalligi, qadimiy va betakrorligi bilan necha asrlardan beri dunyo ahlini hayratga solib kelmoqda. Milliylik — har bir xalq maʼnaviy boyligining ajralmas qismi. Shu bois so‘nggi yillarda ana shu qadriyatlar zanjirini davom ettirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Eʼtiboringizga «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida o‘tkazilgan “Haftaning milliy liboslar kuni” tadbirda muhrlangan suratlarni havola etamiz.

 

«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali

 

«Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali

 

«Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali

 

«Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali

 

«Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filiali

«Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali

 

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati