1-slayd: Generatsiya jarayonidan jami qabul qilingan va taqsimlovchi tarmoqlarga yetkazib berilgan elektr energiyasi miqdori (mln.kVt•soat hisobida);
♦ 2021-yil ↗️ 77 132,3 ♦ 2022-yil ↗️ 80 938,5
♦ 2023-yil ↗️ 86 952,3 ♦ 2024-yil ↗️ 93 312,1
2-slayd: Texnologik yo‘qotishlar miqdori (amalda, mln.kVt•soat hisobida);
♦ 2021-yil ↘️ 2 019,5 ♦ 2022-yil ↘️ 2 055,2
♦ 2023-yil ↘️ 2 093,8 ♦ 2024-yil ↘️ 2 106,5
3-slayd: Texnologik yo‘qotishlar miqdori (foizda);
♦ 2021-yil ⇒ 2,62 ♦ 2022-yil ⇒ 2,54
♦ 2023-yil ⇒ 2,41 ♦ 2024-yil ⇒ 2,26
❗️Generatsiya jarayonidan jami qabul qilingan va taqsimlovchi tarmoqlarga yetkazib berilgan elektr energiyasi miqdoriga texnologik yo‘qotishlar (sarflar) miqdori mutanosib ravishda oshib borgan, biroq, shu bilan birga, yo‘qotishlar foiz nisbatida kamayib borishiga erishilgan.
Magistral elektr tarmoqlari hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalar qurishni to‘g‘ri loyihalash (tarmoqlarni rivojlantirish), energetika obyektlarini belgilangan texnik-muhandislik talablariga (standartlarga) muvofiq qurish, ularni yangilab borish (modernizatsiya-rekonstruksiya loyihalari), shu bilan birga, mavjud tarmoq va podstansiyalarni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish — texnologik yo‘qotishlar miqdori kamaytirib borishiga sabab bo‘luvchi omil.
✔️ XULOSA: Generatsiya jarayonidan qabul qilinib, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasining texnologik sarfini kamaytirib borish — elektr energiyasini uzatishda energiya samaradorligining oshishi hamda ortiqcha xarajatlar keskin kamayishining asosiy omili hisoblanadi.
Facebook ♦ Instagram ♦ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati