2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
MILLIY QADRIYATLAR TARG‘IBOTI: Haftaning har juma kuni milliy liboslar chelenji o‘tkazilmoqda
  • 28.02.2025
  • 152

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan boshlangan anʼana — haftaning har juma kuni milliy liboslar chelenji o‘tkazilishi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati va uning magistral elektr tarmoqlari filiallarida ham yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu tadbir milliy qadriyatlarni asrash, ularni keng targ‘ib qilish hamda avlodlar o‘rtasidagi bog‘lanishni mustahkamlashga xizmat qilishi lozim.

Mazkur anʼanani tashkilotimizning barcha boshqarma, bo‘lim va xizmatlarida davom ettirish rejalashtirilgan. Chelenjlar xalqimiz madaniyati va milliy urf-odatlarini asrashda muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy liboslar nafaqat anʼanaviy kiyim sifatida, balki xalqimizning tarixi va qadriyatlari ramzi sifatida ham xizmat qiladi, degan umiddamiz.

Milliy liboslar chelenji avlodlar o‘rtasidagi madaniy merosni saqlash va kelajakka yetkazishda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ushbu saʼy-harakatlar milliylikni asrab-avaylash yo‘lidagi yana bir qadamdir.

 

Lobar G‘oziyeva, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati