“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filialida 2025-yilning 27-fevral kuni kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada 25 nafar delegat azolari saylandi, shundan 22 nafar ishtirokchi qatnashdi, 2 nafar saylov buluteni xato to’ldirilganligi sababli hisobga olinmadi, bu haqda dalolatnoma rasmiylashtirildi. Konferensiyada taklif etilgan rahbar hamda xizmat boshliqlari, shuningdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi N.Xidirova hamda kasaba uyushma qo‘mita raisi o’rinbosari N.Abdullayevlar ishtirok etdilar.
Konferensiya Nodira Jahongirovna raisligida olib borildi va “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan 5 yillik faoliyati hamda Taftish komissiyasi hisoboti tinglandi. O‘qib eshittirilgan hisobot maʼlumotnomalari xususida xodimlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Konferensiya ishi davomida “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining 2020-yildan 2025-yilgacha faoliyati “qoniqarli” deb baholandi.
“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali boshlang‘ich tashkiloti kun tartibidagi masalalari yuzasidan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va qo‘mita aʼzolarining saylovi o‘tkazildi. Qo‘mita raisini saylash bo‘yicha delegatlar tomonidan AT VA MG mexanigi Samadov Xabibullo hamda RX va ESX elektromontyori Alimov O’ktam nomzodlari taklif etildi. Yopiq ovoz berish natijalariga ko’ra Samatov Xabibullo Abduraufovichga — 20 ta ovozdan 12 ta ovoz berildi, Alimov O’ktam Fayziyevichga — 20 ta ovozdan 8 ta ovoz berildi.
Yopiq ovoz berish natijalariga ko’ra 12 ta ovoz bilan Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib AT va MG mehanigi Samatov Xabibullo Abduraufovich saylandi va keyingi 5 yil uchun Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Taftish komissiyasi aʼzolarining yangi tarkibi saylandi. Filial kasaba uyushma qo‘mitasi aʼzolariga dublyorlar belgilandi. Bundan tashqari, «O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushmasining hisobot saylov konferensiyasiga 2 nafar delegat ham saylandi.
Konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi. Filialning yangi kasaba uyushma qo‘mitasining kelgusidagi faoliyati yo‘nalishlari belgilab olindi.
“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati