Xabaringiz bor, oʻtgan haftada Afgʻoniston Bosh vazirining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Mullo Abdul Gʻani Barodar boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda boʻlgandi.
Oʻzaro uchrashuvlarda ikki tomonlama manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, energetika, transport va boshqa sohalarda hamkorlikni izchil rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Xususan, energetika yoʻnalishida afgʻon tomoni soʻroviga asosan, 220—500 kV kuchlanishli “Surxon – Puli-Xumri” elektr tarmogʻini qurish loyihasini qoʻshimcha nimstansiyalar va tarmoqlar barpo etish hisobiga kengaytirishga kelishildi.
Loyihaning optimallashtirilgani va qurilishda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushining ortishi hisobiga qurilish xarajatlarini 252 million AQSH dollaridan 222 million dollarga tushirish borasida dastlabki kelishuvga erishildi. Shartnoma hozirgi vaqtda kelishuv jarayonida va kelishuv yakunlanganidan keyin imzolanadi.
Shu bilan birga, Afgʻonistonga elektr energiyasi yetkazib berish bilan bogʻliq tariflar boʻyicha hech qanday rasmiy oʻzgarish qilinmagan.
Facebook ♦ Instagram ♦ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati