2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
uzbekistonmet.uz — ISLOHOTLAR SAMARASI: O‘zbekiston elektr energetika tarmog‘i balansidagi 110, 220 va 500 kV kuchlanishli podstansiyalar sonining 2005–2024-yillar davomida o‘sish dinamikasi (infografika)
  • 27.02.2025
  • 75

ISLOHOTLAR SAMARASI: O‘zbekiston elektr energetika tarmog‘i balansidagi 110, 220 va 500 kV kuchlanishli podstansiyalar sonining 2005–2024-yillar davomida o‘sish dinamikasi

❗️Mamlakatimiz aholisi sonining oshib borishi, yurtdoshlarimiz foydalanayotgan elektr uskuna va jihozlar soni, ulardan foydalanish ko‘lami kengayib borayotgani, shu bilan birga, respublikamizda kichik biznes va tadbirkorlikka keng imkoniyatlar berilayotgani, qator investitsiya dasturlari hisobiga yirik sanoat korxonalari ochilayotgani — elektr energiyasi isteʼmoli kun sayin oshib borishiga sabab bo‘lmoqda.

► Demak, elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash tarmoqlari izchil rivojlanib borishi, yangi obyektlar qurilib, mavjudlari yangilanib borishi — bugungi taraqqiyot davri talabi!

⚡️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan yuqori kuchlanishli podstansiyalar qurish, mavjudlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlarini davom ettirilmoqda.

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati