“Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filialida 2025-yilning 26-fevral kuni kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada 35 nafar delegat va taklif etilgan rahbar hamda xizmat boshliqlari, shuningdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi N.Xidirova hamda Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi o‘rinbosari N.Abdullayevlar ishtirok etishdi.
Konferensiya Nodira Jahongirovna raisligida olib borildi va “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan 5 yillik faoliyati hamda Taftish komissiyasi hisoboti tinglandi. O‘qib eshittirilgan hisobot ma’lumotnomalari xususida xodimlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Konferensiya ishi davomida “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020-yildan 2025-yilgacha faoliyati “qoniqarli” deb baholandi.
“Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali boshlang‘ich tashkiloti kun tartibidagi masalalari yuzasidan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va qo‘mita a’zolarining saylovi o‘tkazildi. Boshlang‘ich tashkilot raisini saylash bo‘yicha delegatlar tomonidan Elektr uzatish tarmoqlari xizmati boshlig‘i Xo‘jamberdiyev Abduraxmon Ergashevich, Moliya iqtisod guruhi bosh iqtisodchisi Ruziboyev Fayoz Baxodirovich hamda hozirgi kunda boshlang‘ich tashkilot raisi lavozimida faoliyat yuritayotgan Yodgorov Nosir Xalilovich nomzodlari taklif etildi.
Yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra 35 ta ovoz bilan Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib Yodgorov Nosir Xalilovich saylandi va keyingi 5 yil uchun Kasaba uyushma qo‘mitasi va Taftish komissiyasi a’zolarining yangi tarkibi saylandi. Filial kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolariga dublyorlar belgilandi. Bundan tashqari, «O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushmasining hisobot saylov konferensiyasiga 3 nafar delegat ham saylandi.
Konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi. Filialning yangi kasaba uyushma qo‘mitasining kelgusidagi faoliyati yo‘nalishlari belgilab olindi.
“Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati