⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ta’mirlash-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi yuqori kuchlanishli podstansiya navbatchi mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan nazorat ishi aks etgan.
Shu bilan birga, Podstansiyalar xizmati mutaxassislari Samarqand viloyatidagi mavjud 500 kV kuchlanishli “Sug‘diyona”, 220 kVli “Samarqand”, “Cho‘ponota”, “Ishtixon”, “Suvli”, “Kattaqo‘rg‘on” va “Tutli” podstansiyalarida mavjud transformatorlarining yog‘ sathi me’yori, sovitish tizimi sozligi va boshqa me’yoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda.
Facebook ♦ Instagram ♦ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati