2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli podstansiyalarda navbatchi brigadalar ishi davom ettirilmoqda
  • 27.02.2025
  • 67

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ta’mirlash-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi yuqori kuchlanishli podstansiya navbatchi mutaxassislarining navbatchilik ishlari aks etgan.

Shu bilan birga, Podstansiyalar xizmati mutaxassislari Jizzax viloyatidagi mavjud 220/110/10 kV kuchlanishli “Jizzax”, “Saribozor” va “DNS-2” podstansiyalarida mavjud transformatorlarining yog‘ sathi me’yori, sovitish tizimi sozligi va boshqa me’yoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda.

FacebookInstagram  ♦ YouTube

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati