2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
220 hamda 500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 26.02.2025
  • 76

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan 65 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil  etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.
 
⇒ Nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.
 
Eʼtiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Buxoro magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari 220 hamda 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i bo‘ylab o‘tkazilgan tungi va tonggi navbatdan tashqari nazorat ko‘rigi aks etgan.

FacebookInstagram  ♦ YouTube

https://t.me/minenergy_uz/15099  

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati