2025-yilning 21-fevral kuni "Xorazm magistral elektr tarmoqlari" filialida kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada 24 nafar delegat va taklif etilgan rahbar hamda xizmat boshliqlari ishtirok etdilar.
Filial boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan 5 yillik faoliyati hamda Taftish komissiyasi hisoboti tinglandi. O‘qib eshittirilgan hisobot maʼlumotnomasi xususida ishchi-xodimlarning fikr-mulohazalari eshitildi. Konferensiya ishi davomida "Xorazm magistral elektr tarmoqlari" filiali kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining 2020-yildan 2025-yilgacha faoliyati “qoniqarli” deb baholandi.
Shuningdek, "Xorazm magistral elektr tarmoqlari" filiali boshlang‘ich tashkiloti kun tartibidagi masalalari yuzasidan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va qo‘mita aʼzolarining saylovi o‘tkazildi. Qo‘mita raisini saylash bo‘yicha delegatlar tomonidan Xo‘jalik guruhi ustasi Xakimov Zokir Shavkatovich hamda Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi bo‘yicha muhandis Ibodullayev Abdulla Zokirovich nomzodlari taklif etildi.
Ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra Xakimov Zokir Shavkatovichga – 24 ta ovozdan 17 ta ovoz berildi, Ibodullayev Abdulla Zokirovichga – 24 ta ovozdan 5 ta ovoz berildi. Ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra 17 ta ovoz bilan Kasaba uyushma qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi etib Xo‘jalik guruhi ustasi Xakimov Zokir Shavkatovich saylandi va keyingi 5 yil uchun Kasaba uyushma qo‘mitasi va Taftish komissiyasi aʼzolarining yangi tarkibi saylandi. Filial kasaba uyushmasi qo‘mitasi aʼzolariga dublyorlar belgilandi.
Bundan tashqari, "O‘zbekiston MET" AJ Birlashgan kasaba uyushmasining hisobot saylov konferensiyasiga 2 nafar delegat ham saylandi. Konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi. Filialning yangi kasaba uyushma qo‘mitasining kelgusidagi faoliyati yo‘nalishlari belgilab olindi.
"Xorazm magistral elektr tarmoqlari" filiali
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati