✅ AZIZ FUQAROLAR, HURMATLI ISTEʼMOLCHILAR!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qaroridan:
2-bob, 15-band: Muhofaza zonalarida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining xavfsiz ishlashi..., … , shuningdek ekologik zarar va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biron-bir harakatni sodir etish, jumladan:
a) elektr uzatish havo liniyalari simlariga va tayanchlariga begona predmetlarni tashlash, shuningdek, elektr uzatish havo liniyalari tayanchlariga ko‘tarilish;
b) ... elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlariga yurib o‘tish va transport vositasida o‘tish joylariga har qanday obyektlarni, predmetlarni joylashtirish;
v) … elektr uzatish havo liniyalari muhofaza zonasi doirasida, shuningdek, elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida olov yoqish (muhofaza zonasida) taqiqlanadi.
Aziz yurtdoshlar! Eslatib o‘tamiz, muhofaza zonalarida taqiqlangan ishlar, jumladan yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarni sodir etganlik uchun amaldagi qonunchilikka binoan javobgarlik mavjud.
Shuningdek, ota-onalar va o‘qituvchi-murabbiylarga eslatma: Muhofaza zonalarida yaqinida varrak uchirish hayot uchun xavfli va bu elektr taʼminoti barqarorligiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin.
❗️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi!
▶️ Batafsil
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati