2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Xorijda malaka oshirish amaliyoti: Moliyaviy risk va xatarlar, faol bozor konyukturalarini muvofiqlashtirish, yalpi daromad, sof foyda, investitsion salohiyat, aktivlar holati, likvidlilik darajasi va yangilangan biznes model
  • 21.02.2025
  • 68

Avval xabar berganimizdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining bir guruh vakillari uchun London shahrida tashkil etilgan xalqaro moliya kurslarida malaka oshirmoqdalar.

18-fevral kuni JP Morgan vakillari bilan Corparate markets Solutions Uzbekistan  mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

JP Morganning hedjirlash (yo‘qotishlarni sug‘urtalash) bo‘yicha berilayotgan takliflari USD obligatsiyalarida so‘mga nisbatan yuzaga keluvchi kurs farqlaridan zararlarni qoplashdan iborat ekanligi ta’kidlandi. Hozirgi kunga kelib moliyaviy risk va xatarlarning ortishi mazkur xalqaro tashkilotlarning xizmatiga bo‘lgan talabni ortishiga olib kelmoqda. Muzokaralar yakuniga ko‘ra mazkur JP Morgan tashkilotining Toshkent shahrida yaqinda ish boshlagan filiali bilan keng doirada ma’lumotlar almashunivi yo‘lga qo‘yilishi kelishib olindi.

19-fevral kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari Akbarxon Abbosovich Yuldashev boshchiligidagi malaka oshirishga safarbar etilgan mutaxassislar guruhi London Fond Birjasining bosh mutaxassilari bilan davra suhbati o‘tkazishdi. Birinchi navbatda, Iqtisodiy tahlil va rejalashtirish boshqarmasidan Yuldashev Shohruh Aksiyadorlik jamiyati faoliyati va kelajakdagi loyihalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. Shundan so‘ng har ikki tomon vakillari bir-birlari bilan mavzuga oid dolzarb ma’lumotlarni almashib, Aksiyadorlik jamiyatida 2026-yil so‘nggiga qadar rejalashtirilayotgan yevro obligatsiyalar, shuningdek, “yashil obligatsiyalar”ni chiqarish faol bozor konyukturalarini muvofiqlashtirish orqali samarali sarmoyalarga erishish bosqichlarini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

London fond birjasi Yevropa mamlakatlari birlamchi bozorlari guruhi rahbari Ayuna Nechaevaning taqdimoti tinglovchilar e’tiboriga havola etildi. O‘ylaymizki, Yevropaning nufuzli yirik sarmoyadorlari bilan kelajakda o‘ta muhim kelishuv va bitimlarni imzolanadi.

19-fevral kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari Akbarxon Abbosovich Yuldashev boshchiligidagi mutaxassislar MUFG banki Korporativ boshqaruv rahbar va mutaxassilari bilan davra suhbati o‘tkazdi.

Dastavval, Iqtisodiy tahlil va rejalashtirish boshqarmasi vakili Shoxruh Yuldashev Aksiyadorlik jamiyati faoliyati va kelajakdagi loyihalar yuzasidan taqdimot o‘tkazdi. Shundan so‘ng, Aleksander Bekman tomonidan Aksiyadorlik jamiyatining investitsion salohiyati mavjud xorijiy va milliy valutadagi kredit va qarz mablag‘larining joriy holati bo‘yicha ma’lumotlar almashildi. 2026-yil so‘ngiga qadar rejalashtirilayotgan yevro obligatsiyalar, shuningdek, “yashil obligatsiyalar”ni xorijiy investorlarga yo‘naltirish yuzasidan istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

19-fevral kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari Akbarxon Abbosovich Yuldashev boshchiligidagi mutaxassislar O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Usmanov Ravshan bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuv Aksiyadorlik jamiyatining Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy-investitsion salohiyatga ega jahon tajribasiga ega korxonalari bilan bitimlar imzolashishiga oid tashkiliy-siyosiy masalalarini hal etish, shuningdek, xodimlar malakasini oshirishdagi mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Suhbatda O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmanov tomonidan 2024-yil yakunlari bo‘yicha Buyuk Britaniyadan 1,7 mlrd dollardan ortiq samarali investitsion loyihalar amalga oshirilganligi ta’kidlab o‘tildi hamda Aksiyadorlik jamiyatining London fond birjasi va ko‘plab xalqaro tashkilotlari bilan hamkorligini har jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi ilgari surildi.

19-fevral kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari Akbarxon Abbosovich Yuldashev boshchiligidagi vakillarimiz London Fond Birjasining bosh mutaxassilari bilan davra suhbati o‘tkazishdi.

Aksiyadorlik jamiyati faoliyati va kelajakdagi loyihalari taqdimoti o‘tkazdi. Shundan so‘ng Fitch Ratings vakillari 2023-yilda jamiyatimizga B-korporativ kredit reytingi berilganligi va mazkur reyitngni yangilab borish har 6 oyda kuzatib borishning zarurati to‘g‘risida fikr almashib olindi.

Bu borada Aksiyadorlik jamiyatining yalpi daromadi, sof foydasi, investitsion salohiyati, aktivlarining holati, joriy likvidlilik darajasi va operatsion faoliyatiga tegishli barcha mezonlar bo‘yicha yangilangan biznes modelini ishlab chiqish lozimligi, shuningdek, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotlar hamda uning auditi bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarurligi keltirib o‘tildi.

Muzokaralar yakunida reyting darajasini oshirish jamiyatning investitsion jozibadorligiga ijobiy ta’sir etishi va kreditorlarning ahdlashuvlariga munosabatlarini shakllanishiga turtki bo‘lishi aytildi.

Bekzod Tojiyev, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining xalqaro moliya kurslarida malaka oshirayotgan ishchi guruh vakili

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati