2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi
  • 20.02.2025
  • 62

2025-yilning 20-fevral kuni «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada 23 nafar delegat va taklif etilgan rahbar hamda xizmat boshliqlari, shuningdek, “O‘zbekiston MET” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi N.Xidirova hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi hisobchisi Z.Nagmanovalar ishtirok etishdi.

Konferensiya Nodira Jahongirovna raisligida olib borildi. “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan 5 yillik faoliyati hamda Taftish komissiyasi hisoboti tinglandi. O‘qib eshittirilgan hisobot maʼlumotnomalari xususida xodimlarning fikr-mulohazalari eshitildi. Konferensiya ishi davomida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020-yildan 2025-yilgacha faoliyati  “qoniqarli” deb baholandi.

Kun tartibidagi masalalari yuzasidan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va qo‘mita aʼzolarining saylovi ham o‘tkazildi. Qo‘mita raisini saylash bo‘yicha delegatlar tomonidan Moddiy texnik taminot bo‘limi yetakchi muhandisi Baxtiyor Keldiyor o‘g‘li  Elmurodov hamda Aloqa xizmati muhandisi Sobitjon Jobilovich Valiboyev nomzodlari taklif etildi. Ochiq ovoz berish natijalariga ko’ra Elmurodov Baxtiyor Keldiyor o‘g‘liga — 21 ta ovozdan 20 ta ovoz berildi, Valiboyev Sobitjon Jobilovichga — 21 ta ovozdan 1 ta ovoz berildi.

 

 

Ochiq ovoz berish natijalariga ko’ra 20 ta ovoz bilan Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib Moddiy texnik taminot  bo‘limi yetakchi muhandisi Elmurodov Baxtiyor Keldiyor o‘g‘li saylandi va keyingi 5 yil uchun Kasaba uyushma qo‘mitasi va Taftish komissiyasi aʼzolarining yangi tarkibi saylandi. Filial kasaba uyushma qo‘mitasi aʼzolariga dublyorlar belgilandi. Bundan tashqari, «O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushmasining hisobot saylov konferensiyasiga 2 nafar delegat ham saylandi.

Konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi. Filialning yangi kasaba uyushma qo‘mitasining kelgusidagi faoliyati yo‘nalishlari belgilab olindi.

“Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali ma’muriyati

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati