Andijon viloyati Shahrixon tumani hokimi — Fuqaro muhofazasi tuman boshligʻining 2025-yil 21-yanvardagi 1-FM-sonli buyrugʻiga asosan «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli «Saroy» podstansiyasida «Tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish» mavzusida maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Tadbirda Shahrixon tumanida joylashgan tezkor xizmat vakillari ishtirok etib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish mashg‘ulotlarida hamkorlik qilishdi. Tadbir ishtirokchilarining ushbu yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati