2025-yilning 19-fevral kuni “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filialida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada 22 nafar delegat va taklif etilgan rahbar hamda xizmat boshliqlari, shuningdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi N.Xidirova hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi hisobchisi Z.Nagmanovalar ishtirok etishdi.
Konferensiya Nodira Jahongirovna raisligida olib borildi. “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan 5 yillik faoliyati hamda Taftish komissiyasi hisoboti tinglandi. O‘qib eshittirilgan hisobot maʼlumotnomalar xususida xodimlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Konferensiya ishi davomida “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020-yildan 2025-yilgacha faoliyati “qoniqarli” deb baholandi.
“Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali boshlang‘ich tashkiloti kun tartibidagi masalalari yuzasidan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va qo‘mita aʼzolarining saylovi o‘tkazildi. Qo‘mita raisini saylash bo‘yicha delegatlar tomonidan Kapital qurilish bo‘limi muhandisi Anvar Normamatovich Xazratov hamda Dispetcherlik va texnologik boshqaruvi vositalari guruhi muhandisi Elbek Sobirjon o‘g‘li Sobirjonov nomzodlari taklif etildi. Ochiq ovoz berish natijalariga ko’ra Xazratov Anvar Normamatovichga — 22 ta ovozdan 17 ta ovoz berildi, Sobirjonov Elbek Sobirjon o‘g‘liga — 22 ta ovozdan 5 ta ovoz berildi. Ochiq ovoz berish natijalariga ko’ra 17 ta ovoz bilan Kasaba uyushma boshlang’ich tashkiloti raisi etib Kapital qurilish bo‘limi muhandisi Xazratov Anvar Normamatovich saylandi va keyingi 5 yil uchun Kasaba uyushma qo‘mitasi va Taftish komissiyasi aʼzolarining yangi tarkibi saylandi. Filial kasaba uyushma qo‘mitasi aʼzolariga dublyorlar belgilandi. Bundan tashqari, «O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushmasining hisobot saylov konferensiyasiga 1 nafar delegat ham saylandi.
Konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi. Filialning yangi kasaba uyushma qo‘mitasining kelgusidagi faoliyati yo‘nalishlari belgilab olindi.
✍️ “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali ma’muriyati
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati