2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli podstansiyalarda joriy ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda
  • 20.02.2025
  • 40

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ta’mirlash-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali 220/110/10 kV kuchlanishli «Sardor» podstansiyasidagi to‘la quvvati 200 MVA bo‘lgan АТ-2 transformatorning joriy ta’mirlash ishlari aks etgan.

Bundan tashqari, Podstansiyalar xizmati mutaxassislari Namangan viloyatidagi mavjud yuqori kuchlanishli podstansiyalarda mavjud transformatorlarining yog‘ sathi me’yori, sovitish tizimi sozligi va boshqa me’yoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati