⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari o‘tkazilib, ko‘rik davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Shuningdek, podstansiyalarning estetik holati yaxshilanib, energetika obyekti atrofi, ochiq taqsimlash qurilmalari, boshqaruv-ma’muriy hamda dispetcherlik punkti va yordamchi binolarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda (Aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 30-yanvardagi 14-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash uchun) «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi energetika obyektlarida olib borilgan obodonlashtirish ishlari aks etgan. Shuningdek, ma’muriy bino atrofidagi daraxtzorlarda mavsumiy bog‘dorchilik agrotadbirlari bajarildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati