2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Xorijda malaka oshirish amaliyoti: Korporativ qarzni boshqarish va xalqaro obligatsiyalar
  • 17.02.2025
  • 68

2025-yil 17-fevral kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining bir guruh vakillari uchun London shahrida Finasia Capital LTD kompaniyasi tomonidan “Korporativ qarzni boshqarish va xalqaro obligatsiyalar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. O‘quv amaliyotini Finasia Capital LTD kompaniyasi bosh direktori Isakov Odiljon olib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2026-yil dekabr oyiga qadar yevro obligatsiyalar, shuningdek “yashil obligatsiyalar” chiqarish topshirig‘i belgilangan bo‘lib, uchrashuvda mazkur masalalarga doir amaliyotlar muhokama etildi. Shu bilan birga, Aksiyadorlik jamiyati hamda Finasia Capital LTD kompaniyasi o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatish bo‘yicha kelishib olindi.

Maʼlumot o‘rnida: Hozirgi kunda Finasia Capital LTD kompaniyasi “Agrobank” va “NefteGaz” kabi korxonalarning 1,7 mln AQSH dollari hisobidagi tashqi qarzlarni boshqarish loyihalari ustida ishlamoqda. Shuningdek, mamlakatimizda bugungi kunga kelib yevrobondlarni (yevroobligatsiyalarni) xorijiy birjalarda emissiya qilgan (muomalaga yangi naqd va naqdsiz pul, qimmatli qog‘ozlar va bank kartalarini chiqarish) korxonalar soni 7 taga yetdi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati bir guruh vakillarining xorijiy tajribani o‘rganish bo‘yicha malaka oshirish dasturi davom etadi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati