Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqarma boshlig‘i Shahlo Otajonova maʼlum qildi.
Maʼlumki, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati o‘zining asosiy ish vazifasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonidan taqsimlovchi tarmoqlarga transportirovka qilish bilan birga yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish, kengaytirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, obyektlarni moliyalashtirish hamda ularni amalda bajarilishi uchun yillik va istiqboldagi qurilish dasturlarini amalga oshiradi.
Qurilish-montaj ishlariga oid amaliyotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining farmoyish va qarorlari, Energetika vazirligi topshiriq va ko‘rsatmalari hamda Shaharsozlik norma qoidalari, xavfsizlik qoidalari va boshqa normativ hujjatlari asosida olib boriladi.
Aksiyadorlik jamiyati o‘z mablag‘lari va tijorat banklari hisobidan 2024 yilda jami 55,9 mln dollar miqdoriga teng bo‘lgan ishlarni amalga oshirdi. Yillik reja 109,8 foizga bajarildi.
Shuningdek, 2024 yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati o‘z mablag‘lari hisobidan 4 ta investitsiya loyihasi ishga tushirdi, jumladan:
· Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida qurilayotgan 500 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasini yagona elektr energetika tarmog‘iga ulash uchun uzunligi 32,8 km bo‘lgan 220 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyasi qurildi;
· Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida qurilayotgan 500 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasini yagona elektr energetika tarmog‘iga ulash uchun uzunligi 44,7 km bo‘lgan 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i qurildi;
· “Yuqori Chirchiq tumanida qurilayotgan quyosh fotoelektr stansiyasini yagona elektr energetika tarmog‘iga ulash uchun uzunligi 0,6 km bo‘lgan 220 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i qurildi;
· Andijon viloyatidagi isteʼmolchilarning elektr taʼminotini yaxshilash hamda aholini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 220 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va yangi 220 kV kuchlanishli podstansiya qurish investitsiya loyihasi doirasida uzunligi 14 km bo‘lgan 220 kV kuchlanishli va 1,2 km bo‘lgan 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i qurildi. Shuningdek, quvvati 250 MVA bo‘lgan yangi podstansiya foydalanishga topshirildi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati respublika iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va biznes subyektlari hamda aholi tomonidan elektr energiyasiga bo‘lgan talabni ortib borayotgan qismini to‘liq qoplash maqsadida Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilish ishlarini jadal olib bormoqda.
Xususan, 2024 yilda investitsiya loyihalari doirasida 6 podstansiyalarda jami 1367 MVA qo‘shimcha quvvat yaratildi.
Jumladan:
ü Namangan viloyati – 175 MVAga
“Sardor” podstansiyasi ⇋ 175 MVA;
ü Andijon viloyati – 425 MVAga
“Lochin” podstansiyasi ⇋ 300 MVA;
“Saroy” podstansiyasi ⇋ 125 MVA;
ü Toshkent shahri – 17 MVAga
“Qo‘yliq” podstansiyasi ⇋ 17 MVA;
ü Jizzax viloyati – 500 MVAga
“Zafarobod” podstansiyasi ⇋ 500 MVA;
ü Surxondaryo viloyati – 250 MVAga
“Sherobod-2” podstansiyasi ⇋ 250 MVA.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2025 yilda o‘z mablag‘lari hisobidan 49,4 mln dollar mablag‘ hisobiga teng bo‘lgan ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, modernizatsiya, rekonstruksiya va yangi qurilish dasturlari doirasida 6 ta podstansiyada jami 1117 MVA qo‘shimcha quvvat yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Hurmatli isteʼmolchilar, batafsil maʼlumotlar bilan siz “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-saytida tanishishingiz mumkin.
Manba: https://telegra.ph/
https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/49772
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati