Sir emaski, bugun dunyo ahli ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish va iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini yumshatish kabi dolzarb muammolar bilan yuzma-yuz kelmoqda. Har kim eng qulay sharoitlarda yashashni istaydi va bunga haqli. Ammo tabiat haqida ham qayg‘urish, nafaqat o‘zimiz, balki atrof-muhit bilan hisoblashib yashash vaqti keldi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 million 543,2 ming kishiga yetdi. Aholi eng zich hudud esa Toshkent shahri hisoblanadi.
Darhaqiqat, bu jarayonda ekologik muammolar kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlarni taqozo etadi. Inson manfaati va salomatligi bilan bog‘liq global masalalarga yechim topish asnosida esa “Yashil energiya”ga o‘tish eng to‘g‘ri yo‘l sifatida qayd etilmoqda.
Aholi zichligi yuqori bo‘lgan shaharlarda havoning ifloslanishi inson salomatligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi tabiiy. Bunday vaziyatda “Yashil energiya” foydasiga gazdan voz kechishning afzal tomonlari nimada?
Shu kabi masalalar xususida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Atmosfera havosi muhofazasini ta’minlash bo‘limi bosh mutaxassisi Nozim Nosirov bilan suhbatlashdik.
O‘zA muxbiri
Abdulaziz RUSTAMOV
suhbatlashdi.
Manba: https://uza.uz/oz/posts/
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati