O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yuritish, yosh xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda ularni kitobxonlikka qiziqtirish, shuningdek, buyuk ajdodlarimiz – Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542-yilligiga bag‘ishlab “Ikki buyuk siymo: Ma’naviyatimiz sarchashmalari” mavzusida davra suhbati va yangi tashkil etilgan “Mutolaa” platformasi bilan tanishtiruv tadbiri o‘tkazildi.
Jamiyatning yig‘ilishlar zalida bo‘lib o‘tgan videoslelektor ko‘rinishidagi tadbirda markaziy apparat va filiallardan ishtirok etgan yoshlar bilan bevosita muloqot tashkil etilib, unda Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiy merosiga e’tibor qaratildi. Ular ijodidan ruboiy hamda g‘azallar o‘qildi. Shuningdek, yoshlar bilan savol-javob tashkillashtirilib, to‘g‘ri javob bergan yoshlarga kitoblar sovg‘a qilindi.
Bundan tashqari, hozirgi tezkor axborot almashinuvi davrida yosh avlodni kitobxonlikka keng jalb etish maqsadida bir guruh faol yoshlar tomonidan yaratilgan “Mutolaa” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni boshqaruv raisining maslahatchisi O. To’xtashev olib bordi.
Azizbek Botirov, Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkiloti raisi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati