Magistral elektr tarmoqlari muhofaza zonasi va yuqori kuchlanishli podstansiyalar yaqinida chiqindilarni to‘plash hamda olov yoqish taʼqiqlanadi!
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Urunov yurtimiz dehqon va fermerlariga murojaat bilan chiqdi.
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga tutash ekin maydonlarida mavsumiy agrotadbirlarni tashkil etishda eʼtiborli bo‘ling! Magistral elektr tarmoqlari muhofaza zonasi va yuqori kuchlanishli podstansiyalar yaqinida chiqindilarni to‘plash hamda olov yoqish taqiqlanadi!
► Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi "Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining barqaror ishlashi uchun, muhofaza zonalarida ekologik zarar va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biron-bir harakatni sodir etish taqiqlangan.
Xususan:
Birinchidan, elektr uzatish havo liniyalari simlariga va tayanchlariga begona predmetlarni tashlash (otish), shuningdek, elektr uzatish havo liniyalari tayanchlariga ko‘tarilish taqiqlanadi.
Ikkinchidan, elektr tarmog‘i xo‘jaligi obektlariga yurib o‘tish va transport vositasida o‘tish joylariga har qanday obektlarni, predmetlarni (materiallarni) joylashtirish taqiqlanadi.
Uchinchidan, elektr uzatish havo liniyalari muhofaza zonasi doirasida, shuningdek, elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida olov yoqish taqiqlanadi.
Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/49669
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati