⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan 65 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.
Nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.
Eʼtiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari Elektr tarmoqlaridan foydalanish boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i bo‘ylab (quyuq tuman tushgan tonggi soatlarda) o‘tkazilgan navbatdan tashqari nazorat ko‘rigi aks etgan.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
https://t.me/minenergy_uz/14938
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati