Aksiyadorlik jamiyatining maʼmuriy binosida «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov fuqarolar shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
Boshqaruv raisi qabulida Buxoro viloyati Shofirkon tumanidan tashrif buyurgan ishlab chiqaruvchi korxona vakilining murojaati tinglandi. Qabul davomida Xaridlar boshqarmasi, Axborot xizmati va murojaatlar bilan ishlashga masʼul boshqarma vakillari ishtirok etishdi. Tadbirkorga xaridlar jarayoni, buyurtmalar shakllantirilishi hamda tegishli qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi tushuntirildi.
Eslatib o‘tamiz, ayni murojaat egasi uchun xuddi shu masala yuzasidan avvalroq «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari A.A.Nazirov fuqarolar shaxsiy qabulini o‘tkazgan edi.
Maʼlumot o‘rnida, Vazirlar Mahkamasining 341-son qarori bilan tasdiqlangan Namunaviy nizomning 56-bandida Davlat organlari, tashkilotlari rahbarlari tomonidan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsiy, sayyor va ommaviy qabul qilish belgilangan kun va soatlarda, qabul qilish jadvaliga muvofiq o‘tkazilishi hamda bu haqdagi axborot rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilish belgilangan.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati