“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filialida ikki buyuk ajdodlarimiz: Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan “Navoiy va Bobur adabiy merosiga ehtirom” mavzusida ma’naviyat soati oʻtkazildi.
Tadbirda kasaba uyushma boshlang‘ich tashkiloti qoʻmitasi raisi N.X.Xodjamkuliyeva shu kunlarda mamlakatimizda tavallud ayyomi keng nishonlayotgan ajdodlarimizning o‘zbek adabiyoti, qolaversa jahon adabiyotida tutgan o‘rni haqidagi so’zlab berdi.
Tadbirga yigʻilganlar Hazrat Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning bizga qoldirgan ulugʻ ma’naviy merosi — ular qalamiga mansub gʻazal va ruboiylarini yoddan o‘qib berishdi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati