2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
“edo.ijro.uz” tizimi: 2024-yilda nazoratdagi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha sarhisob hamda kelgusida masʼul xodimlar shaxsiy masʼuliyatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
  • 11.02.2025
  • 909

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2025-yil 13-yanvardagi 07-15-1-sonli topshirig‘iga asosan vazirlik va idoralarda ijro intizomini yana-da mustahkamlash, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va mutaxasislarning ish yuritish malakasi va kasbiy darajasini oshirish maqsadida iqtisodiy o‘qishlar tashkil etish belgilangan.

Bugun, 2025-yil 11-fevral sanasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari F.M.Qurbonov boshchiligida Aksiyadorlik jamiyatidagi barcha qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari qatʼiy nazorati, ularning ijrosi belgilangan muddatlar bajarilishiga bag‘ishlangan ishchi tartibdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi “edo.ijro.uz” elektron tizimida samarali tashkil etish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi PQ–5132-son Qarorida belgilangan talablarga qatʼiy amal qilgan holda amalga oshiriladi.

Feruz Mustafoyevichning taʼkidlashicha, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarining ijro holati “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari huzuridagi har kungi yig‘ilishlarda muhokama qilib, o‘ziga xos monitoring va tahlillar olib boriladi. “edo.ijro.uz” tizimida Aksiyadorlik jamiyatiga taalluqli har bir topshiriq ijro uchun qabul qilinib, uning yechimi atroflicha tahlil qilinayotgani alohida taʼkidlandi.

So‘ngra Ijro intizomi nazorati bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Saidovaning ijro intizomi bo‘yicha 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi. Uning taʼkidlashicha, 2025-yil rejasiga muvofiq topshiriqlarni bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olingan. Topshiriqlarni oldindan, samarali va to‘liq bajarilishini taʼminlash maqsadida rahbariyat tomonidan ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Nazoratdagi topshiriqlar bo‘yicha har oyda kunlik kalendar grafik hamda har bir boshqaruv raisi o‘rinbosarlari, boshqarma va bo‘limlar kesimida “yo‘l xaritasi” tasdiqlanib, ijroga qaratilmoqda.

“edo.ijro.uz” yagona elektron tizimida O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga ijro muddati belgilangan qonunchilik hujjatlari 111 ta (15 ta Farmon, 60 ta Qaror va 36 ta Bayonlarda) va topshiriqlari bo‘yicha 444 ta (91 ta Farmon, 258 ta Qaror va 95 ta Bayonlarda) topshiriq mavjud bo‘lib, ulardan 304 tasi bajarilgan, 140 ta topshiriq bajarilmoqda.

Shuni alohida qayd etish lozimki, “edo.ijro.uz” elektron tizimi orqali O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida (2024-yilning yanvar-dekabr holatiga) jami 222 ta hujjat qayd etilgan. Shundan Aksiyadorlik jamiyati masʼul bo‘lgan 119 ta topshiriq mavjud bo‘lib, ijrosi to‘liq taʼminlandi, tizimda nazoratdan yechildi.

2025-yil yanvar oyida esa jami 19 ta hujjat qayd etilib, shundan asosiy ijrochi sifatida belgilangan 12 ta topshiriq mavjud. Ushbu topshiriqlarning ijrosi to‘liq taʼminlanib tizimda nazoratdan yechildi. Fevral oyida jami 15 ta topshiriq qayd etilgan bo‘lib, shundan asosiy ijrochi sifatida 7 ta topshiriq ijroga yo‘naltirildi, 6 ta topshiriq  bajarildi, 1 ta topshiriq ijrosi taʼminlanmoqda.

Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjat hamda topshiriqlari ijrosini taʼminlash bo‘yicha ishlarni to‘g‘ri yuritish, ijro intizomi mustahkamlashga oid masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 http://t.me/uzmetaxborotxizmati