2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Qiziqarli xabarlar
Birgina maymun butun Shri-Lankani elektrsiz qoldirdi
  • 10.02.2025
  • 20

Maymun asosiy transformatorga kirib qolgan va blekaut ro‘y berib, 22 million aholi elektr taʼminotidan uzildi.

«Maymun tarmoq transformatorimiz bilan kontakt qilgan, bu esa tizimda muvozanat buzilishiga olib keldi»
— deya orolda yakshanba kuni soat 11 atrofida ro‘y bergan to‘liq blekautni izohlagan jurnalistlarga Shri-Lanka energetika vaziri Kumara Jayakodi.

Maymun uchun fojiali hodisa Shri-Lanka poytaxti Kolombodan janubda joylashgan nimstansiyada ro‘y bergan.

Maymun yolg‘iz bo‘lmagan. Stansiyaga jonivorlarning bir nechtasi kirib, o‘zaro janjallashgan, oqibatda “svet” o‘chgan.

Manba: https://t.me/Energetika/7574

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati