Bugun, 9-fevral — buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning 584 yilligi nishonlanadigan sana.
Turkiy va forsiy tillarda sermahsul ijod qilgan Alisher Navoiyning nazmiy asarlari 120 ming baytdan ortiq, 51230 misradan tashkil topgan. «Xamsa» esa shoirning shoh asaridir. «Xazoyin ul-maoniy» (Ma’nolar xazinasi) devoni qariyib 45 ming misradan iborat.
Mir Alisher Navoiy butun umrini nafaqat ijodga, balki davlat arbobi sifatida xalq farovonligi yo‘lida bunyodkorlik, ezgulik va xayr-saxovat ishlariga bag‘ishlagan.
Hazrat Navoiy o‘z davrida zamondosh shoirlar, olimlar va san‘at ahlining moddiy va ma’naviy ko‘makchisi, san’at va adabiyotning haqiqiy homiysi bo‘lgan.
⚡️«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati jamoasi barcha yurtdoshlarimizni, qolaversa jahon adabiyoti muxlislari-yu ixlosmandlarini bugungi sana bilan qutlaydi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati