2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Bosh prokuratura: Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi shtabining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi
  • 08.02.2025
  • 52

Bosh prokuratura ishchi guruhi tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi shtabining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda, Bosh prokuratura masʼul xodimi, tarmoq rahbarlari, tuman (shahar) prokurorlari, IIB, Departament bo‘lim boshliqlari, O‘zenergoinspeksiya, taʼminot korxonalarining viloyat va bo‘lim rahbarlari, shahar (tuman) hokimlarining o‘rinbosarlari qatnashdi.

Unda, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini oldini olish hamda yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli tanqidiy muhokama qilindi.

Masʼullarga ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlik subyektlari hamda aholi xonadonlari isteʼmolini yuqori qismini muqobil energiya bilan qoplash, energoresurslarni tejash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

⇒ Bosh prokuraturaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo bo‘ling!

Manba: https://t.me/uzbprokuratura/57174 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati