2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «MG1733208024/135-unikal raqamli yer uchastkasi Jayxun havo liniyasining muhofaza zonasiga kirmaydi. Bu murojaatim tuman prokuraturasi tomonidan to‘liq o‘rganilmadi...»
  • 07.02.2025
  • 38

Murojaat egasi: Anvar Farhodovich Jumabayev, Xorazm viloyati.

Elektron pochta: anvaeali92@mail.ru

Murojaat mazmuni: Xorazm viloyati, Gurlan tumanida auksionga chiqarilishi kerak bo‘lgan bo‘sh yer uchaskalarini tuman mutasaddi tashkilotlar tomonidan asossiz ravishda rad qilish holatlari kuzatilmoqda. Xususan, tuman elektr tarmoqlari tomonidan Xorazm viloyati, Gurlan tumani, Vazir qishlog‘i, Dehqonobod mahallasidagi 120 kv bo‘sh yer maydonini asossiz rad qilgan, Yerelkrot AAT tizimi orqali. Ushbu yer maydonini rad qilganining sababi shuki, bu yer maydonida 10 kV Jayxun liniyasi mavjud. Aslida bu yer maydonidan o‘tgan Jayxun liniyasi muhofaza zonasiga kirmagan holda qurilish rejalashtirilgan. МГ1733208024/135-unikal raqamli yer uchastkasi Jayxun havo liniyasining muhofaza zonasiga kirmaydi. Bu murojaatim tuman prokuraturasi tomonidan to‘liq o‘rganilmadi. Tuman elektr bo‘limidan ushbu holat bo‘yicha to‘laqonli o‘rganish o‘tkazib, qonuniy chora ko‘rishini hamda ushbu yer uchastkasini qayta tizimga kiritishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman. Telefon raqamim 998-----9505.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Anvar Farhodovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy электр тармоқлари» AJ Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish bilan shug‘ullanib, 10 kV kuchlanishli tarmoqlarni ekspluatatsiya qilmaydi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

 Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/33436

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

 Quyi tashkilotlar https://het.uz/oz/lists/view/7

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati