2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi
  • 07.02.2025
  • 73

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filialida 2025-yilning 6-fevral kuni boshlang‘ich kasaba uyushmasi hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada 24 nafar delegat va taklif etilgan rahbar hamda xizmat boshliqlari, shuningdek, “O‘zbekiston MET” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi N.Xidirova va rais o‘rinbosari N.Abdullayevlar ishtirok etdilar.

Konferensiya Nodira Jahongirovna raisiligida olib borildi va “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan 5 yillik faoliyati hamda Taftish komissiyasi hisoboti tinglandi. O‘qib eshittirilgan hisobot maʼlumotnomalari xususida xodimlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Konferensiya ishi davomida “Namangan MET” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020-yildan 2025-yilgacha faoliyati  “qoniqarli” deb baholandi.

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali boshlang‘ich tashkiloti kun tartibidagi masalalari yuzasidan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va qo‘mita aʼzolarining saylovi o‘tkazildi. Qo‘mita raisini saylash boyicha delegatlar tomonidan yetakchi iqtisodchi Yusupov Kamoliddin Rashitjanovich hamda filial tovarshunosi Otamirzayev Boburxon Rahmojon o’g’li nomzodlari taklif etildi. Ochiq ovoz berish natijalariga ko’ra Yusupov Kamoliddin Rashitjanovichga — 24 ta ovozdan 16 ta ovoz berildi, Otamirzaev Boburxon Rahmojon o’g’liga — 24 ta ovozdan 8 ta ovoz berildi. Ochiq ovoz berish natijalariga ko’ra 16 ta ovoz bilan Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib yetakchi iqtisodchi Yusupov Kamoliddin Rashitjanovich saylandi va keyingi 5 yil uchun Kasaba uyushma qo‘mitasi va Taftish komissiyasi aʼzolarining yangi tarkibi saylandi. Filial kasaba uyushma qo‘mitasi aʼzolariga dublyorlar belgilandi. Bundan tashqari, «O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushmasining hisobot saylov konferensiyasiga 2 nafar delegat ham saylandi.

Konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi. Filialning yangi kasaba uyushma qo‘mitasining kelgusidagi faoliyati yo‘nalishlari belgilab olindi.

✍️ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
https://t.me/uzmetaxborotxizmati