Joriy yilning 5-fevral kuni “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada 24 nafar delegat va taklif etilgan rahbar hamda xizmat boshliqlari, shuningdek, “O‘zbekiston MET” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi N.Xidirova va rais o‘rinbosari N.Abdullayevlar ishtirok etdi.
Konferensiya Nodira Jahongirovna raisiligida olib borildi va “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020–2024-yillar davomidagi faoliyati hamda Taftish komissiyasi hisoboti tinglandi. O‘qib eshittirilgan hisobot maʼlumotnomalari xususida xodimlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Konferensiya ishi davomida “Farg‘ona MET” filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020–2024 yillardagi faoliyati “qoniqarli” deb baholandi.
«Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va qo‘mita aʼzolarining saylovi o‘tkazildi. Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib Ishlab chiqarish texnik guruhi yetakchi muhandisi Mirzayev G‘ayrat Erkinovich saylandi. Kasaba uyushma qo‘mitasi va Taftish komissiyasi aʼzolarining yangi tarkibi saylandi va Filial kasaba uyushma qo‘mitasi aʼzolariga dublyorlar belgilandi. Bundan tashqari, «O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushmasining hisobot saylov konferensiyasiga 2 nafar delegatlar ham saylandi.
Konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi. Filialning yangi kasaba uyushma qo‘mitasining kelgusidagi faoliyati yo‘nalishlari belgilab olindi.
“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali maʼmuriyati
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati