2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Mehnat faxriylari
“Toshkent shahar MET” filiali: 33 yillik samarali mehnat faoliyatiga ega hamkasbimizni mehnat nafaqasiga kuzatdik
  • 05.02.2025
  • 221

Keksalarni eʼzozlash – insoniy fazilatdir!

Insonga eʼtibor – elga eʼtibor

 

Isamov Shariatulla Badirovich — o‘z kasbining fidoiy va jonkuyari, mehnatsevar va bilim egasidir. Uning 33 yillik samarali mehnat faoliyati hamda mamlakatimiz energetika tizimiga qo‘shgan ulkan hissasi barcha tizim xodimlari uchun o‘rnak bo‘la oladi.

Masʼuliyatli vazifasiga sidqidildan yondashadigan, avvalo kasbiy faoliyatiga mehr qo‘ya olgan va o‘z sohasining mukammal egasi hamisha korxonamiz xodimlari ardog‘ida bo‘lib kelgan.

Shariatulla Badirovich 1991-yilda energetika tizimiga kirib kelib, ko‘pyillik mehnat faoliyatida o‘tkir zehni, jonkuyarligi va energetika sohadagi bilim-tajribasi bilan soha rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Qaysi bir yo‘nalishda bo‘lmasin, korxonamiz xodimlarining mavjud muammolarini ijobiy hal etish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan.

Soha bo‘ylab bosib o‘tgan yo‘llariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1991–2020-yillarda “O‘zenergosozlash” AJda elektr kuchlanish sexida muhandis, 2020-yildan “O‘zbekiston MET” AJ “Toshkent shahar MET” filialining Xavfsizlik texnikasi va ishonchlilik guruhida yetakchi muhandis, 2021-yildan Podstansiya xizmatida muhandis akkumulyatorchi lavozimlarida faoliyat olib borgan. Hozirgi kungacha o‘z ishining mutaxassisi sifatida samarali mehnat faoliyat yuritdi.

2025-yil 4-fevral kuni Shariatulla Badirovichning mehnat nafaqasiga chiqishi munosabati bilan Filial rahbariyati va hamkasblari tomonidan xayrlashuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Shariatullo Badirovich  kabi malakali, yetuk va har tomonlama mukammal xodimlarga har birimizning hurmatimiz cheksiz!

Yana bir bor samimiy tabriklagan holda Shariatullo Badirovichga  uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilangizga baxt-saodat, tinchlik va xotirjamlik tilab qolamiz!  

 

 Hurmat bilan,

 

“Toshkent shahar MET” filiali jamoasi