Ishlarni yuritish va xo‘jalik boshqarmasida 11 nafar xodim mehnat faoliyati olib boradi. Boshqarma o‘z faoliyatini Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida olib boradi.
Ishlarni yuritish va xo‘jalik boshqarmasi tomonidan 2024-yil yakunlari quyidagi raqamlarda aks etgan: yuqori tashkilotlardan – 2021 ta, turli tashkilotlardan – 13363 ta hujjatlar o‘rnatilgan tartibda qabul qilinib, “edo.ijro.uz” tizimiga kiritildi hamda o‘z vaqtida rahbar va ijrochi xodimlarga yetkazilishi taʼminlandi. Ichki buyruqlar – 378 ta, ko‘rsatmalar – 390 ta, bayonlar – 88 ta, xizmat safari buyruqlari – 401 ta, xizmat safariga kelganlar – 855 ta va boshqa hujjatlar – 90 tani tashkil etdi.
Aksiyadorlik jamiyatda 7806 ta chiquvchi xatlar ro‘yxatdan o‘tkazilib, ular “edo.ijro.uz” tizimi, elektron pochta, “e.xat” tizimi hamda “O‘zbekiston pochtasi” orqali tegishliligi bo‘yicha ko‘rsatilgan manzillarga yuborilgan.
Bundan tashqari, 2024-yil davomida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelgan murojaatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni havola etamiz:
“O‘zbekiston MET” AJ tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, fuqarolar bilan muloqotda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalaari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari (OAV)da chiqishlarni tashkil qilish, quyi tuzilmalarda murojaatlarni ko‘rib chiqish ishlarini baholash (reyting) tizimini joriy etish masalalariga 2024-yilda alohida eʼtibor qaratildi.
Misol uchun,
1. “O‘zbekiston MET” AJga 2024-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 151 murojaatlar kelib tushgan va ijrosini taʼminlash maqsadida o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi Cabinet pm 2 gov. uz sayti orqali 55 ta murojaat tushgan, shundan 53 tasi yechimini topgan, 2 tasi boshqa tashkilotga yuborilgan. Shuningdek, ijro intizomi yagona nazorat tizmining edo.ijro.uz sayti orqali 28 ta murojaat tushgan bo‘lib, 25 tasi yechimini topgan, 3 tasi esa boshqa tashkilotga yuborilgan, uzbekiston___met@exat uz pochtasi orqali 2 ta murojaat kelgan, shundan 1 tasi yechimini topib, 1 tasi boshqa tashkilotga yuborilgan. Yozma murojaatlar 32 ta qayd etilgan bo‘lib, shundan 30 tasi yechimini topgan, 2 tasi boshqa tashkilotga yuborilgan. Yagona ishonch telefon orqali kelgan og‘zaki murojaatlarning soni 3 tani tashkil etadi (Og‘zaki tartibda javob qaytarilgan va masalaning yechimi o‘sha vaqtning o‘zida topilgani tufayli qayd etilmagan minglab murojaatlar bundan mustasno).
2. “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari tomonidan 2024-yilda sayyor va ommaviy qabullar tashkil etildi hamda rahbarlar tomonidan belgilangan grafik asosida shaxsiy qabullar o‘tkazildi.
3. O‘tkazilgan ushbu sayyor, ommaviy va shaxsiy qabullarda fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammoli masalalar joyida hal etildi, fuqarolar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
4. Aksiyadorlik jamiyatga kelib tushgan murojaatlarni filiallar kesimida tahlil qilish uchun “O‘zbekiston MET” AJ mutaxassislari xizmat safariga chiqib o‘rganishmoqda. Murojaatlarda tez-tez ko‘tariladigan muammoli masalalar bo‘yicha tahlillar o‘tkazilib, kamchiliklar sababini bartaraf etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olish choralarini ko‘rish maqsadida maqsadli o‘rganishlar o‘tkazildi. O‘rganishlar jarayonida murojaat qilgan fsuqarolarga amaliy va uslubiy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Bundan tashqari, joriy yilning 1-iyul kuni “O‘zbekiston MET” aksiyadorlik jamiyatida 6 oy yakunlari bo‘yicha Aksiyadorlak jamiyati va uning tarkibiy tuzilmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda 2024-yilda rahbar va masʼul xodimlar tomonidan murojaatlar bilan ishlashni tizimli va samarali tashkil etish, quyi tuzilmalarda olib borilayotgan ishlarni muntazam o‘rganib borish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish, murojaatlarni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarni tahlil qilish, kelib chiqish sabablarini o‘rganish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.
“O‘zbekiston MET”AJ boshqaruvi raisi, uning o‘rinbosarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi shahar va tumanlarda sayyor qabul o‘tkazish jadvali tasdiqlangan.
Bugungi kunda murojaatlar bilan ishlash tizimini yana-da takomillashtirish maqsadida “O‘zbekiston MET” AJ tizimida aholidan kelib tushayotgan murojaatlar sonini keskin kamaytirish, muammolarning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
Kelib tushayotgan murojaatlarda eng ko‘p ko‘tarilayotgan muammolarni umumlashtirib, tarkibiy tuzilmalar kesimida oylik, kunlik hisobotlarni yuritib, murojaatlarni o‘sib borishi yoki kamayishi bo‘yicha solishtirma maʼlumotlar Aksiyadorlik jamiyati rahbariga taqdim etib borilmoqda.
Maysara Mirzaraimova, Ishlarni yuritish va xo‘jalik boshqarmasi boshlig‘i
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati